O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi loyihalarini investitsiyalash
2023-03-11 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) investitsiya operatsiyalari bo‘yicha vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi infratuzilma loyihalarini investitsiyalash bo‘yicha hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ular orasida yerlarni o‘zlashtirish, elektr energetikasi, quyosh energiyasi, agrologistika va boshqa yo‘nalishlar o‘rin olgan.
— Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki O‘zbekistonda ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqda. Ishonchim komilki, yaqin kelajakda biz ikkala tomon uchun ham qiziqarli yo‘nalishlarni ishlab chiqamiz. Biz hozir amalga oshirayotgan loyihalar asosan, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi esa, alohida e’tibor talab qiladigan yo‘nalishdir, – deya ta’kidladi Aziz Voitov.
Hozirgi vaqtda respublikamiz bilan hamkorlik yo‘nalishlari asosan O‘zbekistonning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga qaratilgan uchta strategik maqsadga qaratilgan:
— Mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirishga kelsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati va Xorazmda mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan suv va yo‘llar bo‘yicha yirik dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Shuningdek, biz agrologistika markazlarini moliyalashtirish bo‘yicha tajribaga egamiz. Shuning uchun biz qishloq xo‘jaligi sohasiga yaqinlashdik»,— dedi Konstantin Limitovskiy uchrashuvda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi