O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Misr savdo va sanoat vaziri bilan muzokaralar olib borildi

2023-04-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih bilan videokonferensiya tarzida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xususan, Port-Said shahrida to‘qimachilik, charm va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston korxonalarini joylashtirish uchun qo‘shma sanoat kooperatsiyasi va distributsiya markazini tashkil etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Misr tomoni loyihalarni o‘z vaqtida samarali amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Savdo-sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan ikki mamlakat o‘rtasida Sanoat kooperatsiyasi va savdoni rivojlantirish dasturini, shuningdek, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni kelishish va tasdiqlashni tezlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishildi.

Suhbat yakunida tomonlar hamkorlikning muhokama qilingan yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va joriy yil yozida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida uning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ham kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться