O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligida “Huawei” kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2023-03-28 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov va “Huawei Digital Power” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti janob Yao Szin o‘rtasida joriy yilning fevral oyida Xitoyning Shenjen shahrida joylashgan “Huawei” bosh qarorgohiga tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlar va yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar uy xo‘jaliklari, davlat idoralari va ijtimoiy soha obyektlaridan tortib yirik quyosh fotoelektr stansiyalarigacha bo‘lgan hajmlardagi quyosh tizimlari uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika sohasini yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zbekistonda quyosh qurilmalari uchun invertorlar va elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, quyosh energiyasi bo‘yicha yechimlarni amaliyotga tatbiq etishda muvaffaqiyat qozongan boshqa mamlakatlarning qayta tiklanuvchi energiya masalalari bo‘yicha vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va bu borada kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Janob Yao Szin O‘zbekistonning yashil rivojlanish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi va bu boradagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi: “Mamlakat rahbariyati jamiyatni toza va arzon energiya bilan ta’minlash va kelajakda uglerod neytralligiga erishish uchun qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali energetika tizimining salohiyatini jadallik bilan rivojlantirish rejalarini belgilab berdi. O‘zbekiston allaqachon bu boradagi rejalarni amalga oshirishga ulgurdi. “Yashil strategiya” doirasida quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha qator yirik loyihalar ikkinchi yildirki yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda”, – dedi  Yao Szin.

Muzokaralar chog‘ida energetika vaziri Xitoydagi “Huawei” kompaniyaning ko‘rgazma zali va invertorlar hamda akkumulyatorlar ishlab chiqarish quvvatlari bilan batafsil tanishganini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: “Huawei Digital Power” toza energiya ishlab chiqarish, transportni elektrlashtirish va yashil AKT infratuzilmasi kabi sohalarga e’tibor qaratadi. 2022-yil oxiriga kelib “Huawei” o‘z mijozlariga 695,1 milliard kVt⋅soatdan ortiq yashil energiya ishlab chiqarishga va energiya sarfini 19,5 milliard kVt⋅soatga kamaytirishga yordam berdi, bu deyarli 340 million tonna CO2 zararli gazlar chiqishining oldini olishga teng demakdir.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться