O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyati hokimi Qatar davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi

2023-02-28 | Siyosat

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onaga tashrif buyurgan Qatar davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan samimiy suhbatlashdi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Qatar, xususan, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik aloqalarining istiqbollari muhokama qilindi. Ayni jarayonda Farg‘ona viloyatining xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-investitsiyaviy munosabatlari bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi joriy yil boshida mamlakatimizda o‘z faoliyatini boshlagan va Farg‘onaga ilk tashrif bilan kelgan Hasan Hamza Hoshimning faoliyatiga omad tilab, barcha yo‘nalishlarda hamkorlik ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish borasida tayyor ekanligini taʼkidladi. O‘z navbatida elchi janoblari yurtimizdagi faoliyat yillari mobaynida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli, do‘stona hamkorlikning eng yaxshi davri bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Muloqotda viloyatning investitsiyaviy salohiyati, kimyo sanoati, tekstil, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash kabi sohalarda keyingi yillarda qo‘lga kiritilayotgan quvonarli yutuqlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Maʼlumki, 2022-yilning so‘nggi oylarida Qatar dunyo futboli tarixida ilk bor sayyoramizda har to‘rt yilda bir marotaba tashkil etiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Qish mavsumida o‘tkazilgan dastlabki jahon chempionati har jihatdan mukammal tashkil etildi. Eʼtiborlisi, unda Osiyo jamoalari munosib ishtirok etib, mutaxassislaru muxlislar mehriga sazovor bo‘lishdi.

Shu kunlarda Osiyo qitʼasida bo‘lib o‘tayotgan yana bir nufuzli turnirga O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda. Yaqinda jahon andozalari darajasida mukammal taʼmirdan chiqarilgan Farg‘onadagi 20 ming o‘rinli “Istiqlol” stadionida 1-7-mart kunlari Osiyo Kubogi-2023 (U20) bahslarining “V” guruhi o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Qatar, Avstraliya, Eron va Vyetnam jamoalari ishtirok etadi. Uchrashuvda har ikki tomon o‘z mamlakati va unda qatnashayotgan barcha jamoa futbolchilariga omad tiladilar.

Samimiy suhbat davomida barcha sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ezgu tashabbuslar ilgari surilib, ularni hayotga tadbiq etish bo‘yicha bildirilgan takliflar maʼqullandi.

Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi

Поделиться