O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar

“Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya turniri yangi Ipak yo‘li marafonini boshlab beradi — Benua Mayer

14.10.2020Jamiyat

PARIJ, 13-oktabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 1-noyabr kuni Samarqandda o‘tkaziladigan “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarimmarafoniga Fransiya jamoatchiligi va atletlari tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. Jumladan, “Athleting Club” sport agentligi rahbari Benua Mayer “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda yarimmarafonning jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi o‘rni xususidagi fikrlarini so‘zlab berdi.

Fidoyi yoshlar taqdirlandi

13.10.2020YoshlarManba: O'zA

Jizzax shahridagi “Yoshlar inovatsion markazi”da pandemiya davrida aholi sogʻligini saqlash va ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashda faollik koʻrsatgan bir guruh fidoiy yoshlarga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari topshirildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi - amalda

12.10.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yil 10-oktabr kungi 194-sonida ““Bir million dasturchi” loyihasi - amalda” nomli maqola chop etildi. 

“Xalqaro qizlar kuni” keng nishonlandi

10.10.2020Jamiyat

Joylarda 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

YXHT va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o‘rtasida ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida navbatdagi qadam tashlandi

09.10.2020SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Poytaxtimizdagi velotrek bazasi bir necha kun davomida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. 

Xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha yangi ish tizimi belgilandi

08.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi “Oltin daftar”iga kiritilgan vatandoshlarimiz safi yuz kishidan oshdi

03.10.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

SEUL, 3-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari davlatimiz rahbarining O‘zbekistonni rivojlantirishda chet elda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tashabbusini hayotga tadbiq etish doirasida Kodje shahriga amaliy safar qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

“Bosh vazir kubogi-2020”: musobaqaning birinchi kunida kimlar maydonga tushadi?

03.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Xabaringiz bor joriy yil 4-12-oktabr kunlari vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi boʻlib oʻtadi. 

Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda nima yangilik boʻlsa, Nukusga kelishi kerak

02.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Nukus shahrida barpo etilayotgan koʻp qavatli uy-joylar va IT-parkni borib koʻrdi.

12 kun davomida 4305 ta oilalar o'rganib chiqildi

02.10.2020JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Samarqand viloyati miqyosida 20-sentabr kunidan buyon “Tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish oyligi” maxsus-profilaktik tadbiri o'tkazilib kelinmoqda.

“Bosh vazir kubogi-2020”: ishtirokchilar raqiblarini bilib olishdi

30.09.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun “Milliy” stadionda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasiga qurʼa tashlandi. Unda aksariyat ishtirokchi jamoalar hamda musobaqa tashkilotchilari ishtirok etdi.

“Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

30.09.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Xabaringiz bor, joriy yil 4-12 oktabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Prezident o‘qituvchi va ziyolilarga murojaat qilmoqda

30.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Yosh pedagoglar, fan fidoyilari va olimlarni onlayn uchrashuvga taklif etamiz!

30.09.2020Yoshlar

1-oktabr — "Xalqaro ustoz va murabbiylar kuni"! Zero, ustoz soʻzi doim muqaddas va yoshlar tashkiloti har bir daqiqa ustozlar koʻmagiga muhtoj. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasida, kamolotida har bir ustozning munosib hissasi bor. Mamlakat taraqqiyotining belgilovchi kuch sifatida ustozlar va yosh pedagoglarning o'rni beqiyos.

Aziz Abduhakimov: Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

29.09.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan birga Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni (XAUFK)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn-muhokamada ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi

23.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘mon Sultonligidagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

21.09.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

MASQAT, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.