O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o‘rtasida ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida navbatdagi qadam tashlandi

2020-10-09 | Sport

Poytaxtimizdagi velotrek bazasi bir necha kun davomida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. 

Bugun bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda bir qator yuqori tashkilot vakillari ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining doimiy hamkorlaridan biri Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) vakillari, xususan, tashkilotning O‘zbekistondagi elchisi Jon Makgregor ham tashrif buyurib, federatsiyaga 40 ta zamonaviy velosiped taqdim qildi. Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, ularning 30 tasi trek bazasi, 10 tasi esa Namangan viloyati bo‘limi uchun taqdim qilinadi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan Jon Makgregor prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib, o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
 
Ma'lumki, bir necha kun muqaddam Prezidentimizning Ommaviy sportni va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha yangi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Ushbu loyihada yurtimizda velosport misolida ham ommaviy sportni rivojlantirish borasida alohida to‘xtalib o‘tilgan. YeXHT tomonidan taqdim qilingan velosipedlar aynan velosport bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu sportga ilk qadam qo‘ygan yoshlar uchun chinakam sovg‘a bo‘ladi, deyish mumkin.
 
Shundan so‘ng karantin davrida o‘tkazilgan onlayn musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, bir necha oy muqaddam hukm surgan epidemiologik vaziyatda sport taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan bir guruh mutaxassislar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться