O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi “Oltin daftar”iga kiritilgan vatandoshlarimiz safi yuz kishidan oshdi

2020-10-03 | Jamiyat

SEUL, 3-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari davlatimiz rahbarining O‘zbekistonni rivojlantirishda chet elda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tashabbusini hayotga tadbiq etish doirasida Kodje shahriga amaliy safar qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Kodje shahrida joylashgan «Samsung» va «Daewoo» kompaniyalarining kemasozlik zavodlarida 500 ga yaqin o‘zbekistonlik mutaxassis ishlaydi. Shahar kasb-hunar kollejida esa 40 ga yaqin vatandoshimiz tahsil olmoqda.

Muloqotlar doirasida O‘zbekistonda biznes loyihalarni amalga oshirish, bu bilan yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish niyatida bo‘lgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 17-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilish, unda chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun munosib sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rejalashtirganlar uchun imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish masalalari ko‘rib chiqilgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda sakkiz nafar vatandoshimiz O‘zbekistonda o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun 600 ming dollar miqdorida sarmoya kiritish bo‘yicha taklif bildirdi. Shunday qilib, O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Oltin daftari»ga kiritilgan vatandoshlar safi 100 kishidan oshdi. Ular tomonidan jalb qilinadigan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 14 million dollarni tashkil etmoqda.

Yurtdoshlarimizga Janubiy Koreyada bo‘lgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning huquqiy yechimlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga elchixona vakillaridan javob oldi. Ularga zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться