O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda nima yangilik boʻlsa, Nukusga kelishi kerak

2020-10-02 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Nukus shahrida barpo etilayotgan koʻp qavatli uy-joylar va IT-parkni borib koʻrdi.

Tatibay koʻchasida 160 ta xonadonga moʻljallangan ikkita 16 qavatli uy qurilmoqda. Mazkur turar joy majmuasi zamonaviy dizaynda, zilzilaga bardoshli boʻladi. Tashqi devorlar bir necha qatlamdan iboratligi bois uylar energiyani tejaydi.

Majmua 2021-yilda bitkaziladi. Xonadonlar yashash uchun tayyor holda topshiriladi.

Prezident yangi uylarning shou-rumida boʻlib, ularda yaratiladigan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu yerda IT-park ham qurilmoqda.

Maʼlumki, bu yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilingan. 8-iyun kuni Prezident huzurida oʻtkazilgan taqdimotda hududlarda soha rivojiga sharoit yaratish, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida Toshkentdagi IT-park filiallarini tashkil etish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan edi.

Nukus shahrida barpo etilayotgan IT-park 16 qavatdan iborat boʻladi. Uni 2021-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga Qoraqalpogʻistonda yoshlarni axborot texnologiyalariga oʻqitish va shu sohada bandligini taʼminlash rejasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. IT-parkda axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, kommunal xoʻjalik, taʼlim, turizm, madaniyat, qurilish va transport kabi sohalarda turli istiqbolli loyihalar ustida ish olib boradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar oʻquv maskani, kovorking markazi, oʻquv va kibersport xonalarida yoshlar malakasi oshiriladi.

- Toshkentda nima yangilik boʻlsa, Nukusga kelishi kerak, - dedi Prezident. - Yangicha ishlamasak, zamon qabul qilmaydi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri tumanlarini Nukus shahri mahallalariga biriktirish, koʻchalarni yoritib, obodonlashtirib, savdo va xizmat shoxobchalarini koʻpaytirish, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga safari yakuniga yetdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться