O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘mon Sultonligidagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

2020-09-21 | Jamiyat

MASQAT, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda joriy yilning 14sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan muhim masalalar ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvda hujjatda belgilangan asosiy yo‘nalishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan muhim vazifalar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporasi vakillari bilan aloqalarni mustahkamlash, xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitilishi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar berilishi, mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, yurtdoshlarimizning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar reintegratsiya qilinishi, jumladan, ular bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantirilishi haqida ham batafsil axborot berildi.

Shuningdek, xorijda ishlab, malaka orttirib qaytgan fuqarolarning tadbirkorlik, ilm-fan va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi haqida tavsiyalar berildi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘mon Sultonligidagi mavjud tartib qoidalarini hamda an’analarini inobatga olgan holda mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini, haq-huquqlarini himoya qilish, ular orasida yuzaga kelayotgan ba’zi masalalarni ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotganligi ta’kidlandi.

O‘mondagi yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekistondan tartibli mehnat migratsiyasi asosida fuqarolarni ishga jalb etish, o‘zbek diasporasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, fuqarolarimiz mehnat faoliyatlarini legallashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiziqtirayotgan savollarga batafsil javob berildi. Kelgusida mamlakatning boshqa hududlaridagi hamyurtlarimiz bilan ham shu kabi muloqotlarni tashkil qilishga kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться