O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
12 kun davomida 4305 ta oilalar o'rganib chiqildi
2020-10-02 | Jamiyat
Samarqand viloyati miqyosida 20-sentabr kunidan buyon “Tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish oyligi” maxsus-profilaktik tadbiri o'tkazilib kelinmoqda.
Tadbir boshidan buyon jami 4305 ta oilalar o'rganib chiqildi. Shundan, oilaviy kelishmovchiligi mavjud bo'lgan 465 ta nizoli oilalar bilan profilaktik ishlar olib borildi, o'rganishlar davomida 79 muammolar aniqlanib, shundan 60 tasi ijobiy hal etildi, 72 ta holatda notinchlikka barham berildi, 25 ta holatda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar o'zaro yarashtirildi.
Tadbirlar davomida oila turmush munosabatlari doirasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan 56 ta shaxslar aniqlanib, hududiy profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlar tomonidan jabrlangan xotin-qizlarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 3-son Qaroriga asosan tegishli tartibda “Himoya orderlari” rasmiylashtirilib, mazkur qaror hamda orderda belgilangan cheklov talablari bo'yicha batafsil huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Maxsus-profilaktik tadbirlar viloyat bo'ylab davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi