O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fidoyi yoshlar taqdirlandi

2020-10-13 | Yoshlar

Jizzax shahridagi “Yoshlar inovatsion markazi”da pandemiya davrida aholi sogʻligini saqlash va ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashda faollik koʻrsatgan bir guruh fidoiy yoshlarga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda pandemiya davrida kasallik tarqalishi oldini olish va fuqarolarga mehr-saxovat yordami koʻrsatishda viloyat koʻngilli yoshlari faol ishtirok etgani alohida taʼkidladi.

Pandemiya karantini davrida viloyatning barcha shahar va tumanlarida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarida “Yosh volontyorlar harakati” yoʻlga qoʻyildi. Bu harakat tarkibida 120 nafar koʻngilli yoshlar faol ishtirok etib, “Call-markaz”larga aholidan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantirish va ularga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda faollik koʻrsatdi.

Bundan tashqari, koʻplab talabalar, yosh tadbirkorlar kasallik tarqalishi oldini olish, aholi sogʻligini muhofaza qilish, ehtiyojmand fuqarolarga beminnat koʻmak koʻrsatishda qatnashdi.
 

Tadbirda karantin davrida koʻngillilar safida va oʻz faoliyati bilan epidemiya tarqalishi oldini olishga, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga munosib ulush qoʻshgan fidoiyi yoshlarning 21 nafariga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari topshirildi.

– Qiyinchilik kunlarida davlatimizning bizga bildirayotgan ishonchini oʻzimizning amaliy ishlarimiz bilan oqlashga harakat qildik, – deydi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni sohibi Forish tumanilik Bahodir Isaboyev. – Kam taʼminlangan oilalardagi 50 nafar yigit-qiz ishtirokida “Garasha parranda hamkor” kooperativi tashkil etib, yoshlar uchun ish joyi va daromad manbai yaratdik. Karantin davrida qishlogʻimizdagi 40 ta ehtiyojmand oilaga 400 boshdan ziyod parranda tarqatdik. Umumxalq harakatiga qoʻshgan kichik hissamiz davlatimiz tomonidan yuksak mukofot bilan taqdirlanishi bizni barcha jabhalarda yana-da faol boʻlishga ruhlantirmoqda.
 
 
 
 
 
T. BEKNAZAROV, J. YORBEKOV (suratlar)

Manba: O'zA

Поделиться