O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

2020-09-30 | Sport

Xabaringiz bor, joriy yil 4-12 oktabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bugun poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda ushbu musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda musobaqa tashkilotchilari – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi masʼullari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

- Bu yilgi musobaqaga qiziqish o‘tgan yilgiga qaraganda ancha oshdi, - dedi matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Umid Rajabov. – O‘tgan yili “Bosh vazir kubogi” musobaqasida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda yirik korxona-tashkilotlardan 64ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borishgan bo‘lsa, bu yil musobaqada qatnashish istagini bildirgan jamoalar soni yana-da oshdi. Bir qator tashkilotlar musobaqa Nizomini o‘zgartirish, o‘yinlarni mini-futbol bo‘yicha o‘tkazish taklifini ham bildirishdi. Ammo, ko‘plab jamoalar Nizomni o‘zgartirishga qarshi chiqishdi va yakunda 71ta jamoa musobaqada ishtirok etishini tasdiqladi. Umid qilamanki, bu yilgi musobaqa o‘tgan yilgidanda qiziqarliroq o‘tadi. Tashkiliy qo‘mita esa pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda musobaqani karantin qoidalariga muvofiq o‘tkazish choralarini ko‘radi.

- “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasida joriy yil 71ta jamoa qatnashish istagini bildirdi. Ayrimlar musobaqani guruh bosqichi shaklida tashkil etish taklifini berishdi. Lekin 71ta jamoa bilan bu ancha murakkab bo‘lib, musobaqa muddati cho‘zilib ketishi mumkin. Bilasiz, musobaqa ishtirokchilari davlat korxona-tashkilotlarida faoliyat olib borishadi, qolaversa ular ishidan ajralmagan holda ushbu musobaqada qatnashayotganini ham unutmaslik kerak. Shularni inobatga olgan holda musobaqani olimpiya tizimida o‘tkazishga qaror qildik. O‘yinlarni esa professional hakamlar boshqarib borishadi, - deb qo‘shimcha qildi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Shirinov.

Eslatib o‘tamiz, “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida tashkil etiladi. Final o‘yini esa “Milliy” stadionda o‘tkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться