O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Bosh vazir kubogi-2020”: ishtirokchilar raqiblarini bilib olishdi
2020-09-30 | Sport
Bugun “Milliy” stadionda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasiga qurʼa tashlandi. Unda aksariyat ishtirokchi jamoalar hamda musobaqa tashkilotchilari ishtirok etdi.
Bu yilgi musobaqalarga qiziqish ancha yuqori. Buni jamoalar sonidan ham bilib olish qiyin emas. Agar o‘tgan yilgi musobaqada 64 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borgan bo‘lsa, bu yil ular soni 71 taga yetdi. Yana bir qator jamoalar maʼlum bir sabablarga ko‘ra joriy yilgi musobaqani o‘tkazib yuborishmoqda.
“Bosh vazir kubogi-2020” musobaqalari o‘tgan yilgi kabi 11x11 formatda o‘tkaziladi. Har bir jamoa tarkibidan 15 nafardan futbolchi, bitta jamoa boshlig‘i va murabbiy o‘rin oladi. O‘yinchi almashtirish cheklanmagan, yaʼni xuddi xokkey yoki boshqa o‘yin turlaridagi kabi takroriy almashtirish ham bor. O‘yinlar 25 daqiqadan iborat ikki bo‘lim davom etadi.
Xolislik va shaffoflik mezonlari asosida o‘tgan qurʼa natijalariga ko‘ra jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishdi:
“Bosh vazir kubogi-2020”. O‘tish bosqichi
1-juftlik: “Asaka” bank – Madaniyat vazirligi
2-juftlik: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi MK
3-juftlik: Gidrometeorologiya xizmat markazi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
4-juftlik: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
5-juftlik: Xalq taʼlimi vazirligi – Tovar xom-ashyo birjasi
6-juftlik: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – Milliy bank
7-juftlik: Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi – “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
1/32 final bosqichi:
“Mikrokredit” bank – “Uzvtorsvetmet” AJ
“UniconUz-FTMTM” UK – Transport vazirligi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – Qurilish vazirligi
“O‘zbekneftegaz”AJ – Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti MK
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Respublika “Hunarmand” uyushmasi – Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
“O‘zbekko‘mir” AJ – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi – Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – Tashqi ishlar vazirligi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – “O‘ztransgaz” AJ
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – Suv xo‘jaligi vazirligi
Innovatsion rivojlanish vazirligi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
“Sharq” nashriyoti – “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniya (MTRK) – Moliya vazirligi
Adliya vazirligi – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
“O‘zdonmahsulot” AK – “O‘zbektelekom” AJ
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ
“Xalq banki” – Davlat statistika qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
“O‘zagrosug‘urta” AJ – O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Davlat bojxona qo‘mitasi – “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ
Sog‘liqni saqlash vazirligi – “O‘zbekgidroenergo” AJ
“O‘zagrokimyohimoya” AJ – Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi
1-juftlik g‘olibi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
2-juftlik g‘olibi – “Farg‘onaazot” AJ
SP “COSCOM” (Ucell) – 3-juftlik g‘olibi
4-juftlik g‘olibi – “Gross insurance” MCHJ
Davlat soliq qo‘mitasi – 5-juftlik g‘olibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – 6-juftlik g‘olibi
Oliy sud – 7-juftlik g‘olibi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi