O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar

Toshkent shahar IT-Park filialida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi

20.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ va Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda imzolangan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlar orasidagi targ‘ibot ishlari yuzasidan 62 ta umumta’lim maktablari axborot texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Prezident Innovatsion texnoparkni borib ko‘rdi

20.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkini borib ko‘rdi.

Madaniyat saroyi zamonaviy sharoitda faoliyat boshladi

18.10.2021MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi.

Iftixor mahallasi Chirchiqning iftixoriga aylandi

18.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 18-mart kuni Chirchiq shahrida bo‘lganida Iftixor mahallasidagi ahvolni ko‘rgan, odamlardan hududdagi muammolarni so‘rab, ularni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilagan edi.

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar siyosati - birinchi o‘rinda

18.10.2021YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Yuqori Chirchiq tumanida “Astrum” IT akademiyasi ochildi. Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatiga safari chog‘ida bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati bilan litsey o‘quvchilari yaqindan tanishdi

15.10.2021YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati va o‘quv jarayoni bilan TATU Samarqand filiali qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari yaqindan tanishdi.

“English for Science” tinglovchilari uchun Erasmus+ grant loyihalari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

15.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“Erasmus+ xaftaligi” doirasida O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan grant loyihalarga hujjatlar topshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilidi.

YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumidagi ishtiroki doirasida YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Qizlar haftaligi” xushaxloq, ma’rifatli qizlar safini kengaytirishga xizmat qiladi

14.10.2021YoshlarManba: O'zA

Mamlakatimizda qizlarning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli bo‘lib unib-o‘sishi, qolaversa, ularni katta hayotga, turmushga tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida seminar bo'lib o'tdi

14.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Qashqadaryo viloyati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida  oʻquv-seminarlari tashkil etildi.

O‘qigan, izlangan, kasb egallagan odam qadrli bo‘ladi - Prezident

13.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Nurafshon shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi

13.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida va Nurafshon shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochilib, o‘z faoliyatini boshladi.

“Zakovat” o‘yinlari yoshlar o‘rtasida ommaviy ma’rifiy harakatga aylantiriladi

13.10.2021YoshlarManba: O'zA

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Bukhara Desert Oasis” nomli turizm maskanida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro matematika maktabini borib ko‘rdi

13.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi faoliyati bilan tanishdi.

“KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasi ixtirochi ayollarga qanot bo‘lmoqda

12.10.2021JamiyatManba: O'zA

Shu yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasida 30dan ziyod davlat qatorida O‘zbekiston vakilalari ham ishtirok etdi. “O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi” tomonidan 11 nafar olima ayolning ixtirolari mazkur xalqaro ko‘rgazmaga taqdim etilgan edi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan yurtimiz xotin-qizlari qator sovrinli natijalarni qo‘lga kiritgan edi.

Kuba terma jamoasi yurtimizda, ular JCHga O‘zbekistonda tayyorlanishadi

12.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Avval xabar berganimizdek, 25-oktyabr  6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Hozirda terma jamoamiz aʼzolari Toshkent viloyati Yangiobod bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi

12.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan ta’limning yangi tizimi - Prezident maktablari tashkil etildi. Joriy yilda Qarshi shahrida ham shunday maktab foydalanishga topshirildi. 

Prof bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatiga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi

11.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Joriy yilning 22-oktyabr – 7-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

“Boʻlajak olim” tanlovida yana 37 nafar yoshlar gʻolib boʻldi

11.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining qaroriga muvofiq “Boʻlajak olim” tanlovining yana 35 nafar ilmiy gʻoya mualliflarini va 2 ta startap loyiha ragʻbatlantirilishi tasdiqlandi. Tanlov ikki bosqichda oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarning tanlovga taqdim etilgan aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalari Yoshlar akademiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjatlar topshirish muddati uzaytirildi

11.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq yagona elektron tizimi orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda.