O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Boʻlajak olim” tanlovida yana 37 nafar yoshlar gʻolib boʻldi
2021-10-11 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining qaroriga muvofiq “Boʻlajak olim” tanlovining yana 35 nafar ilmiy gʻoya mualliflarini va 2 ta startap loyiha ragʻbatlantirilishi tasdiqlandi. Tanlov ikki bosqichda oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarning tanlovga taqdim etilgan aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalari Yoshlar akademiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.
1-bosqich natijalari boʻyicha tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan talabgorlar toʻgʻrisida yigʻma roʻyxat shakllantiriladi. 2-bosqichda talabgorlar oʻz ilmiy gʻoyalarini Tanlov komissiyasi oldida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazdilar. Taqdimot himoyasida talabgorlar ilmiy gʻoyani qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etildi. Kamida 50 ball toʻplagan ilmiy gʻoyalar Tanlov komissiyasi qarori bilan gʻolib deb topildi.
“Boʻlajak olim” tanlovi natijalariga koʻra ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan ilmiy gʻoyalar roʻyxati; https://mininnovation.uz/oz/news/3558
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi