O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prof bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatiga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi

2021-10-11 | Sport

Joriy yilning 22-oktyabr – 7-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga hamyurtlarimiz ham astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Eʼtiborlisi, terma jamoamizning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vitse chempioni, 2017-yil Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham kiritilgan.

Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy oldi.

Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. #boks

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться