O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

03.11.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

“Samarkand Half Marathon” gʻoliblari aniqlandi

01.11.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun Samarqand shahrida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Samarkand Half Marathon”iga start berildi. 

Saytga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va Samarkand Half Marathon ni ishtirokchisiga aylaning.

31.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Samarkand Half Marathoni har yili madaniyat va san'at obyektlaridagi mavjud inklyuziv muammolarga jamoatchilik e'tiborini qaratish, shuningdek, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirish masalalalarini hal qilishga yordam beradi.

Vazirlar Mahkamasida regbini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

26.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida yurtimizda sportning regbi turini rivojlantirishda rahbarlarining roli, masʼuliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi

21.10.2020SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun poytaxtimizda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida mamlakat chempionati start oldi. 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida tashkil qilinayotgan mazkur musobaqa Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari hamda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yosh iqtidorlarni saralash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Bosh vazir oʻrinbosari velosipedda marafon yoʻnalishi bilan tanishdi

18.10.2020SportManba: O'zA

Samarqand shahrida joriy yil 1-noyabr kuni oʻtkaziladigan Samarkand Half Marathon (yarimmarafon)ga tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 

Joriy yilda “Samarkand Half Marathon” dasturi qanday tashkil etiladi?

17.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun, 17-oktabr kuni koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” xayriya yarimmarafoni dasturini taqdim etish uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Kun tarixi: Xirosima-1994dagi unutilmas g‘alabaga 26 yil bo‘ldi!

16.10.2020SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bundan roppa-rosa 26 yil muqaddam, 1994-yilning 16-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarining final bellashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi. 

“Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya turniri yangi Ipak yo‘li marafonini boshlab beradi — Benua Mayer

14.10.2020Jamiyat

PARIJ, 13-oktabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 1-noyabr kuni Samarqandda o‘tkaziladigan “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarimmarafoniga Fransiya jamoatchiligi va atletlari tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. Jumladan, “Athleting Club” sport agentligi rahbari Benua Mayer “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda yarimmarafonning jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi o‘rni xususidagi fikrlarini so‘zlab berdi.

“Bosh vazir kubogi-2020”: bosh sovrin yana Oliy sudda qoldi

12.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

4-oktabr kuni boshlangan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi” futbol musobaqasi ham oʻz poyoniga yetdi.

TAYINLOV: Karimov Avazjon Qudratillayevich Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

12.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazildi.

“Bosh vazir kubogi-2020”: fargʻonaliklar uylariga bronza medali bilan qaytadigan boʻlishdi

12.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

4-oktabr kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda start berilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi ham oʻz poyoniga yetib bormoqda.

“Bosh vazir kubogi-2020”: amaldagi chempion to‘xtashni istamayapti, Suv xo‘jaligi vazirligi esa kurashdan chiqdi

10.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasida yarim finalchilar aniqlandi.

YXHT va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o‘rtasida ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida navbatdagi qadam tashlandi

09.10.2020SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Poytaxtimizdagi velotrek bazasi bir necha kun davomida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. 

“Bosh vazir kubogi-2020”: endi yirik hisoblar deyarli kuzatilmadi, kurashda teng kuchli jamoalar qolishdi...mi?!

07.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

4-oktabr kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda start olgan “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasida bugun 1/16 final bosqich oʻyinlari yakuniga yetdi.

Onlayn yigʻilishda har bir sport turlari boʻyicha maʼlum kunni oʻsha sport kuni sifatida nishonlash taklifi berildi

07.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Joriy yil boshidan beri Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik, karantin davrida qilingan ishlar, sportchilarimizning salomatligini nazorat qilish va Tokio-2020 Olimpiadasiga qoʻlga kiritilgan litsenziyalar masalalariga bagʻishlangan onlayn hisobot yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi masʼul xodimi Shavkat Sultonov, Vazirlar Mahkamasi vakili Rashid Talipov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, MOQ mutasaddilari, federatsiya va assotsiatsiyalar rahbariyati ishtirok etdi.

“Bosh vazir kubogi-2020”: uchinchi bosqich ham yirik hisoblarga boy boʻldi

06.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Shu kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda boʻlib oʻtayotgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi kuchlilarni saralamoqda.

“Bosh vazir kubogi-2020”: 1/16 finalning barcha ishtirokchilari maʼlum boʻldi

05.10.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

4-oktabr kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi start olgandi. Bugun ishtirokchilar 1/32 final bosqich oʻyinlarini davom ettirishdi va yakunda eng kuchli 32ta jamoa saralab olindi.