O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi-2020”: endi yirik hisoblar deyarli kuzatilmadi, kurashda teng kuchli jamoalar qolishdi...mi?!

2020-10-07 | Sport

4-oktabr kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda start olgan “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasida bugun 1/16 final bosqich oʻyinlari yakuniga yetdi.

Taʼkidlash kerak, bugun boʻlib oʻtgan oʻyinlarda u qadar yirik hisoblar qayd etilmadi. Yana savol tugʻiladi: jamoalarning saviyasi tenglashmoqdami yoki... Xullas, buni oliy hakam – VAQT koʻrsatadi.

Bugungi oʻyinlar orasida eng murosasiz kechgan bahs sifatida “UniconUz-FTMTM” UK hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarama-qarshiligini koʻrsatish mumkin. Murosasiz kechgan ushbu bahsda 2-1 hisobida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoasi gʻalaba qozondi.

Yana bir qiziqarli oʻyin “Xalq banki” hamda “Fargʻonaazot” AJ jamoalari oʻrtasida kechib, unda ham 2-1 hisobi qayd etildi. Musobaqaga olis yoʻl bosib kelgan fargʻonaliklar bejizga poytaxtga kelishmaganini, ularning maqsadi kubok ekanini isbotlashga urinmoqda.

“Bosh vazir kubogi-2020”. 1/16 final

SP “COSCOM” – “Kafolat sugʻurta” kompaniyasi AJ – 3:1

Moliya vazirligi – Adliya vazirligi – 0:3

“Oʻzbektelekom” AJ – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi -:+

“Xalq banki” – “Fargʻonaazot” AJ – 1:2

Oliy sud – Yoshlar ishlari agentligi – 4:1

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita – 1:3

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ – Sogʻliqni saqlash vazirligi – 3:1

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 0:4

Ertaga nimchorak final oʻyinlari oʻtkaziladi. Ularda kuch sinashadigan juftliklar bilan tanishing:

“Milliy bank” – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

“Oʻzbekneftegaz” AJ – “Oʻzbekkoʻmir” AJ

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – Tashqi ishlar vazirligi

Suv xoʻjaligi vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

SP “COSCOM” – Adliya vazirligi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – “Fargʻonaazot” AJ

Oliy sud – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться