O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi-2020”: bosh sovrin yana Oliy sudda qoldi

2020-10-12 | Sport

4-oktabr kuni boshlangan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi” futbol musobaqasi ham oʻz poyoniga yetdi.

Final oʻyini mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etildi. Hal qiluvchi bahsda amaldagi chempion – Oliy sud hamda bu yilgi musobaqa kashfiyotiga aylangan Tashqi ishlar vazirligi jamoalari toʻqnash kelishdi. Uchrashuvni esa Oʻzbekiston professional futbol ligasining malakali hakamlari boshqarib borishdi.

Oʻyin final nomiga xos, keskin kurashlarga boy hamda murosasiz kechdi. Jamoalar maydonning har qarichi uchun jiddiy kurashdi, biroq raqib darvozasiga yoʻl topish na u, na bu jamoaga nasib etdi.

Natijada gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. “Omad lotoreyasi”da omad Oliy sud jamoasiga nasib etdi. Aslida Tashqi ishlar vazirligi jamoasi soʻnggi, beshinchi zarbani aniq bajarganda hammasi tamom edi. Lekin hal qiluvchi zarbada musobaqa debyutantlari adashdi va oxir-oqibat kubokni Oliy sud jamoasi qoʻlga kiritdi.

 

Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov soʻzga chiqdi va gʻoliblar, shu bilan birga musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutladi.

- Bu yilgi musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, “Fargʻonaazot” kabi koʻplab jamoalar debyutant sifatida qatnashdi. Aytish joiz, bu yilgi musobaqa oʻtgan yilgidanda qizgʻin, shiddatli va murosasiz kechdi. Hozirgina yakunlangan final uchrashuvida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Tashqi ishlar vazirligi jamoalari muxlislarga qiziqarli oʻyin namoyish etib berishdi. Unda omad Oliy sud jamoasiga kulib boqdi va ularni gʻalaba bilan chin yurakdan tabriklayman. Sportda shunday ibora bor: “muhimi gʻalaba emas, muhimi ishtirok!”. Bu yilgi musobaqada ishtirok etgan har bir jamoa aʼzosi futbol bilan shugʻullandi, sogʻlom turmush tarziga oshno boʻldi. Axir shuning oʻzi sizlar uchun eng katta gʻalaba emasmi? Shu munosabat bilan sizlarni ham samimiy tabriklayman, - dedi Aziz Abduqahhorovich oʻz maʼruzasida.

Shundan soʻng navbat eng hayajonli lahzalar, gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimiga yetib keldi. Dastlab turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar taqdirlandi:

Nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar:

“Eng yaxshi darvozabon” – Mahmudjon Masharipov (“Milliy bank”);

“Eng yaxshi himoyachi” – Shuhratbek Mannabov (Din ishlari boʻyicha qoʻmita);

“Eng yaxshi toʻpurar” – Otabek Hazratov, 10ta gol (Suv xoʻjaligi vazirligi);

“Eng yaxshi jamoa sardori” – Ashraf Gaffarov (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi);

“Eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan futbolchi” – Renat Jumayev (“Oʻzbekneftegaz” AJ);

“Eng yaxshi murabbiy” – Xudoyor Meyliyev (Adliya Vazirligi).

Soʻngra shohsupaga musobaqa sovrindorlari taklif etildi. Ularga medal, diplom va estalik sovgʻalarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari A.Abuduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari R.Ermatov, vazir oʻrinbosari A.Karimov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti R.Shoabduraxmonovlar tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, musobaqaning final uchrashuviga oʻzbek estradasining yorqin yulduzlari, qolaversa “Dizayn” guruhi aʼzolari hamda dilbar raqqosalarning goʻzal chiqishlari oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться