O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi-2020”: 1/16 finalning barcha ishtirokchilari maʼlum boʻldi

2020-10-05 | Sport

4-oktabr kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi start olgandi. Bugun ishtirokchilar 1/32 final bosqich oʻyinlarini davom ettirishdi va yakunda eng kuchli 32ta jamoa saralab olindi.

Bugungi oʻyinlarni musobaqa tashkilotchilaridan biri – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari jamoalari boshlab berdi. Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan oʻyinda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasining qoʻli baland keldi – 3:0.

Kutilmagan natija sifatida musobaqa favoritlaridan biri “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga imkoniyatni boy berganligini aytish mumkin. Ushbu oʻyinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 3:3. Oʻziga xos omad lotoreyasi, yaʼni penaltilar seriyasida Oʻzbekiston yoshlariga omad kulib boqdi – 3:1.

Bugun boʻlib oʻtgan oʻyinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari AJ – 3:0

Xalq banki – Davlat statistika qoʻmitasi – 5:0

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ – 3:3, (pen. 3:1)

“Oʻzagrosugʻurta” AJ – Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi – 1:3

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitasi – 0:1

Davlat bojxona qoʻmitasi – “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ – 0:5

Sogʻliqni saqlash vazirligi – “Oʻzbekgidroenergo” AJ – 4:1

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ – Respublika taʼlim markazi – 2:1

“Asaka” bank – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 0:0 (pen. 4:5)

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati MK – “Fargʻonaazot”AJ – 1:7

SP “COSCOM” – Gidrometeorologiya xizmati markazi – 5:0

Qishloq xoʻjaligi vazirligi – “Gross Insurance” MCHJ – 2:6

Davlat soliq qoʻmitasi – Xalq taʼlimi vazirligi – 0:4

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – “Milliy bank” – 0:6

Oliy sud – Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi – 5:0

Ertaga jamoalar 1/16 final bosqich oʻyinlarini davom ettirishadi. Ularda quyidagi juftliklar kuch sinashadi:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – Suv xoʻjaligi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi – “Gross insurance” MCHJ

“Milliy bank” – «Mikrokreditbank»

“UniconUz-FTMTM” UK – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

«Oʻzbekneftegaz»AJ – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yoʻllari qoʻmitasi – «Oʻzbekkoʻmir»AJ

Xalq taʼlimi vazirligi – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi – Tashqi ishlar vazirligi

Izoh: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan appelyatsiya xati berilgan. Vazirlik Nizomda koʻrsatib oʻtilganidek, raqibga nisbatan bildirilayotgan eʼtiroz yuzasidan tegishli hujjat va faktlarni taqdim etsa, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan oʻyin natijasi oʻzgarishi mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться