O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi-2020”: amaldagi chempion to‘xtashni istamayapti, Suv xo‘jaligi vazirligi esa kurashdan chiqdi

2020-10-10 | Sport

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasida yarim finalchilar aniqlandi.

Musobaqaning amaldagi g‘olibi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bu yilgi maqsadi ham jiddiyga o‘xshaydi. Sababi, o‘tgan yilgi sovrindorlardan faqat ular kurashni davom ettirmoqda.
 
Bungacha o‘tkazilgan uchta o‘yinni ham yirik hisoblarda (5-0, 4-1, 6-1) o‘z foydasiga hal qilgan va umumiy hisobda raqiblari darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qilgan Oliy sud jamoasi chorak finalda jiddiy qarshilikka duch keldi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga qarshi kechgan o‘yinda amaldagi chempionlar kichik – 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
 
O‘tgan yilgi musobaqani 3-o‘rinda yakunlagan, bu yil ham ortda qolgan uchta o‘yinda raqiblari darvozasini naqd 18(!) marta ishg‘ol etib, o‘z darvozasidan atigi bitta to‘p olib chiqqan Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasi esa yarim final ostonasida Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
 
 
“Bosh vazir kubogi-2020”: ¼ final
“Milliy bank” – “O‘zbekneftegaz” AJ – 2:0
Tashqi ishlar vazirligi – Suv xo‘jaligi vazirligi – 3:2
Adliya vazirligi – “Farg‘onaazot” AJ – 0:3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 2:1
 
Ertaga yarim final o‘yinlari o‘tkaziladi. Ularda quyidagi jamoalar kuch sinashadi:
“Milliy bank” – Tashqi ishlar vazirligi
“Farg‘onaazot” AJ – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
 
Eslatib o‘tamiz, “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasining final uchrashuvi 12 oktyabr' kuni “Milliy” stadionda o‘tkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться