Saytga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va Samarkand Half Marathon ni ishtirokchisiga aylaning.
Samarkand Half Marathoni har yili madaniyat va san'at obyektlaridagi mavjud inklyuziv muammolarga jamoatchilik e'tiborini qaratish, shuningdek, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirish masalalalarini hal qilishga yordam beradi.
Joriy yilning 1-noyabr kuni mazkur musobaqaga start beriladi.
Bu yilgi yarim marafon bahslari Pandemiya sababli onlayn tarzda tashkil etiladigan bo‘ldi.
Samarqand viloyati Matbuot uyida «Samarkand Half Marathon» (yarim marafon)ga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha brifingda shu haqda so‘z yuritildi.
- Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, musobaqani onlayn formatda o‘tkazyapmiz, - dedi Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziev. - Bu orqali respublikamiz, ayniqsa, viloyatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, dunyoning turli mamlakatlaridagi minglab odamlar e'tiborini jalb qilishga erishish mumkin.
Bu yil aniq belgilangan masofa yo‘q va har bir ishtirokchi 1 kilometrdan 50 kilometrgacha bo‘lgan masofani o‘z xohishiga ko‘ra bosib o‘tadi. Yarim marafonda qatnashish istagida bo‘lganlar 1-noyabrgacha www.samarkandhalfmarathon.uz saytida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi