O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi-2020”: fargʻonaliklar uylariga bronza medali bilan qaytadigan boʻlishdi

2020-10-12 | Sport

4-oktabr kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda start berilgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi ham oʻz poyoniga yetib bormoqda.

Yarim finalda omadsizlikka uchragan ikki jamoa – “Milliy bank” hamda “Fargʻonaazot” AJ musobaqaning faxrli uchinchi oʻrni kimga nasib etishi masalasiga oydinlik kiritib olishdi.

Taʼkidlash kerak, uchrashuv keskin, murosasiz va hujumkor ruhda oʻtdi va unda omad fargʻonaliklarga kulib boqdi. “Fargʻonaazot” AJning futbolsevar xodimlari tomonidan kiritilgan ikki golga bankirlar bironta ham javob qaytara olishmadi. Shu tariqa musobaqadagi debyut mavsumida “Fargʻonaazot” AJ sovrindorlar safidan joy olishga muvaffaq boʻldi.

12-oktabr kuni “Milliy” stadionda boʻladigan final uchrashuvida musobaqaning amaldagi gʻolibi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda “Bosh vazir kubogi-2020” kashfiyotiga aylangan Tashqi ishlar vazirligi jamoalari oʻzaro bahs olib borishadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться