Bundan roppa-rosa 26 yil muqaddam, 1994-yilning 16-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarining final bellashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Ta'kidlash joiz, musobaqa reglamentiga ko‘ra, o‘shanda terma jamoaga yosh talabi qo‘yilmagan va hozirgidek 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning qatnashishi talab etilmas edi. Shu tariqa Osiyoning grand jamoalari orasida yigitlarimiz o‘zlarining mardonavor g‘alabalari bilan mustaqil O‘zbekistonning sportdagi dastlabki tarixiy yutuqlaridan biriga mualliflik qilishgan. Keling, o‘sha musobaqadagi o‘yinlarimiz va jamoa tarkibini birga yod olamiz:
Guruh bosqichi:
1-tur:
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 1:4
Gollar: Lebedev, Qosimov, Shkvirin (2ta)
2-tur:
O‘zbekiston – Malayziya 5:0
Gollar: Abduraimov, Qosimov, Shkvirin (2ta), Maqsudov
3-tur:
Gongkong – O‘zbekiston 0:1
Gol: Abduraimov
4-tur:
Tailand – O‘zbekiston 4:5
Gollar: Qosimov (2ta), Maqsudov (2ta), Shkvirin
Chorak final:
O‘zbekiston – Turkmaniston 3:0
Gollar: Shkvirin (2ta), Abduraimov
Yarim final:
O‘zbekiston – Janubiy Koreya 1:0
Gol: Abduraimov
Final:
Xitoy – O‘zbekiston 2:4
Gollar: Shkvirin, Lebedev, Abduraimov, Maqsudov
Jamoa tarkibi.
Darvozabonlar:
Yuriy Sheykin (“Traktor»)
Berdax Olloniyozov (“Orol»)
Himoyachilar:
Aleksandr Tixonov (“Neftchi”)
Farhod Magometov (“Navbahor”)
Andrey Fyodorov (“Neftchi”)
Fevzi Davletov (MHSK)
Ulug‘bek Ro‘zimov (“Paxtakor”)
Yarim himoyachilar:
Abdusamat Do‘rmonov (“Neftchi”)
Mirjalol Qosimov (“Spartak-Alaniya”, Rossiya)
Sergey Lebedev (“Neftchi”)
Stepan Atoyan (“Neftchi”)
Ilhom Sharipov (“Paxtakor”)
Abduqahhor Ma'rufalev (“Paxtakor”)
Hujumchilar:
Azamat Abduraimov (“Poxang”, Malayziya)
Igor' Shkvirin (“Makkabi”, Isroil)
Shuhrat Maqsudov (“Paxtakor”)
Rustam Do‘rmonov (“Neftchi”)
Bosh murabbiy: Rustam Akramov
Katta murabbiy: Birodar Abduraimov
Shifokor: Anatoliy Turikov
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi