O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Daryoga ikki marta kirish” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

2017-10-17 | Madaniyat

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida rassom Andrey Yesionovning “Daryoga ikki marta kirish” deb nomlangan ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi va Moskva zamonaviy san’at muzeyi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga san’atshunoslar, musavvirlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov, muzey direktori V.Fayziyeva, Moskva zamonaviy san’at muzeyi direktori V.Sereteli va boshqalar rassom Andrey Yesionovning asarlari ko‘rgazmasi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro madaniy aloqalarning rivojlanishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Iste’dodli rassom Andrey Yesionov Toshkentda tug‘ilib, voyaga yetgan. Uning bolaligidan tasviriy san’atga ishtiyoqi baland bo‘lgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida olgan ta’lim va ustozlar o‘giti bo‘lajak rassom hayotida muhim rol o‘ynaydi. 

A.Yesionov Rossiya Badiiy akademiyasi muxbir a’zosi va akademiyaning oltin medal sohibi hamdir. U Parij, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon kabi shaharlarda shaxsiy ko‘rgazmalarini tashkil etib, muxlislar e’tiborini qozongan. Bugungi kunda uning asarlari Rossiyaning nufuzli muzeylarida saqlanmoqda. 

Ko‘rgazmada taqdim etilgan asarlar san’atsevarlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

 

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Поделиться