O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda 10-14-oktabr kunlari Tojikiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

2017-10-11 | Madaniyat

O‘zbek va tojik xalqlarini do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik aloqalari bilan birga, ko‘p asrlik madaniy rishtalar bog‘lab turadi. Alisher Navoiy, Gulxaniy, Sadriddin Ayniy kabi mumtoz adabiyot namoyandalari har ikki tilda ijod qilgani xalqlarimizning ma’naviy yaqinligidan dalolat. Bugun ham ushbu an’analar bardavom.

Poytaxtimizda 10-14-oktabr kunlari o‘tkaziladigan Tojikiston madaniyati kunlari bu boradagi hamkorlikning amaldagi ifodasidir. 

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tojikistonlik bir guruh san’at va madaniyat namoyandalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tojikiston delegatsiyasi a’zolari poytaxtimizdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi va O‘zbek Milliy akademik drama teatrida bo‘ldi. Xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati va madaniyatini o‘zida mujassam etgan ushbu maskanlar yoshlar ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi. 

–Xalqlarimizning tili boshqa-boshqa bo‘lsa-da, dili bir, urf-odat va an’analari o‘xshash, tarixi, madaniyat va qadriyatlari mushtarak, – deydi Tojikiston xalq artisti Saidqul Bilolov. – O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Tojikiston madaniyati kunlari madaniy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Tojikiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi ertaga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tojikistonlik mo‘yqalam ustalarining ijod namunalari ko‘rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tojik shoir va yozuvchilari kitoblari taqdimoti, adabiy-badiiy uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etiladi.

 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться