O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Atlas bayrami» festivali doirasida mahorat saboqlari bo‘lib o‘tmoqda
2017-09-13 | Madaniyat
Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atlas bayrami” festivali 15-sentabr kuni ochiladi.
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «Hunarmand» uyushmasi, YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan “Atlas bayrami” festivalining tantanali ochilishi 15-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida «Markaziy Osiyo xalqlari an’anaviy matolari va barqaror rivojlanishi» mavzusida xalqaro anjuman, O‘zbekiston hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etiladi. ”O‘zbekiston an’anaviy gilamchilik san’ati”, “Markaziy Osiyo matolari” ko‘rgazmasi, O‘zbekiston modelerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, askiyachilar va dorbozlar chiqishlari, «Devzira» osh tanlovi ham o‘tkaziladi.
Ayni kunlarda, festival doirasida, yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida atlas va adras matolariga bezak berish bo‘yicha mahorat saboqlari bo‘lib o‘tmoqda.