O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Baxmal tumani kartoshkachilik markaziga aylanmoqda

2020-06-29 | Iqtisodiyot

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 650 gektar maydonda ertagi kartoshka yetishtirildi. Ayni paytda gʻalla hosili yigʻishtirib olingan 300 gektar maydonga kechki kartoshka ekilayotir.

Kartoshka salqin, sernam togʻoldi hududlarida yaxshi hosil beradi. Baxmal tumani tuproq, iqlimi sharoiti ham ushbu ekin uchun qulay. Shu bois Respublikamizning bir qator togʻli hududlari qatorida ushbu tumanini ham kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish ishlari olib borilayotir.
 
Tumandagi urugʻchilikka ixtisoslashgan “Azamat Oʻktamov” fermer xoʻjaligi oʻtgan yili 1 gektar yerdan 30 tonnaga yaqin kartoshka hosili oldi.
 
– Tuman hokimi qarori bilan fermer xoʻjaligimiz kartoshka urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan, – deydi xoʻjalik rahbari Azamat Sarimsoqov. – Bu yil urugʻlik uchun kartoshkaning “Silvana” navini ekkanmiz. Bu urugʻning gektaridan 30-35 tonnagacha hosil olish mumkin. Kasalliklarga chidamli, agar agrotexnika talablari toʻliq bajarilsa, urugʻlik besh yilgacha hosil beradi.
 
Oʻtgan yili fermer urugʻlik yetishtirishdan 100 million soʻmdan ziyod daromad qildi. Bu yil fermer oʻtgan yigiga qaraganda bir yarim baravar koʻproq daromad olish uchun mehnat qilayotir. Xoʻjalikda 2 ta doimiy, 4 ta mavsumiy ish oʻrni yaratilgan.
 
Tumandagi aholi va fermer xoʻjaliklarida arzon va sifatli kartoshka urugʻi bilan taʼminlash imkoniyati katta. Shu imkoniyat hisobga olinib, tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Obid Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo ilmiy-tekshirish institutining hujayra texnologiyalari laboratoriyasining “Baxmal” tajriba xoʻjaligi tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu tajriba xoʻjaligida biotexnologik usulda in-vitro sharoitida kartoshka urugʻi yetishtirilmoqda.
 
Prezidentimizning 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirish kengaytirish va urugʻchiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumanda kartoshka urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish ustidagi ishlar kengaytirilmoqda.
 
– Shu maqsadda tumanda “Oʻzmilliybank” tomonidan ilgʻor xorijiy texnologiyalarga asoslangan kartoshkani yetishtirish agroklasterni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzagroinspeksiya”ning Baxmal tuman boʻlimi boshligʻi S.Muhammadiyev. – Ushbu loyiha boʻyicha tumandagi Bogʻishamol, Dexqonobod, Gulbuloq massivlarida jami 1 ming 100 gektar maydonda kartoshka yetishtirish, shundan 800 gektar maydonda kartoshkaning ertapishar navlarini yetishtirish moʻljallanmoqda. Ayni paytda “Jizzaxkartoshkachilik” markazi MCHJ tomonidan 150 tonna kartoshka urugʻi keltirilib, urugʻchilik xoʻjaliklariga tarqatildi.
 
Loyihaga asosan Fransiya, Gollandiya kabi mamlakatlardan yevrostandart talablariga mos kartoshka navlarining elita urugʻlari toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotib olinadi. Shu asosda tumandagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida 1 ming 200 tonna urugʻlik kartoshka yetishtirishga erishiladi.
 

T.BEKNAZAROV, J.YORBEKOV (surat), OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться