O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi

2020-07-08 | Jamiyat

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligining yuksak yutuqlarini ommalashtirish, jurnalistlarning qishloq ayollari mavzusini muntazam yoritib borishlarini rag‘batlantirish hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarining qishloq xo‘jaligida jurnalistik pozitsiyalarini keng namoyon etishlarini ta’minlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Qishloq ayollari, ularning jamiyat taraqqiyoti, aholini qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi roli, qishloqlarimizni obodonlashtirishdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda BMTning 2007-yil 18-dekabridagi Bosh Assambleyasi yig‘ilishida qayd etilgan 15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatorida O‘zbekistonda ham keng nishonlanib kelinmoqda.

Tanlovga taqdim etilgan materiallarda bugungi kunda qishloq ayollarining respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va jamiyatda tutgan o‘rni, ularning muvaffaqiyatlari, mavjud muammolar va ularning yechimi, qishloqlarning obodligida xotin-qizlarning o‘rniga qaratilgan mavzular aks etishi lozim.

Tanlov g‘oliblari 2 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi:

I. “Agrar sohadagi fidoiy ayol”

II. “Qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi faol ayollar”.

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagi yo‘nalishlarda taqdirlanadi:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye — 1, 2, 3-o‘rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio — 1, 2, 3-o‘rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma ommaviy axborot vositalari, internet jurnalistika — 1, 2, 3-o‘rinlar);

Bundan tashqari tanlovda bosh sovrin egasi aniqlanib, sohada fidoyi xizmat ko‘rsatayotgan yosh jurnalistlar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Tanlov shartlari:

Tanlovga tele, radio, bosma materiallar hamda internet nashrlarida e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi.

Materiallarga pasport nusxasi, muallif haqidagi ma’lumot, o‘zi faoliyat olib boruvchi tashkilotdan tavsifnoma, yuborilgan material haqidagi ma’lumot ilova qilinishi lozim.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2020-yil 15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni bo‘lib o‘tadi.

Tanlovga 2019-yil 15-oktabrdan 2020-yil 1-oktabrigacha televideniye, radio, matbuot, internet nashrlarda e’lon qilingan materiallar 2020-yil 5-sentabrdan 5-oktabrgacha quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100140, Toshkent viloyati, Qibray tumani, 

Universitet ko‘chasi, 2-uy. 

(0-371) 263 01 46, (0-371) 263 11 75, +99894 618 10 14

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться