O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori Xans Klyuge xorijga birinchi rasmiy tashrifini O‘zbekistondan boshlamoqda

2020-02-10 | Sog‘liqni saqlash

Joriy yil 1-fevraldan o‘z vazifasiga kirishgan JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge birinchi xorijga rasmiy tashrifini O‘zbekistondan boshlamoqda. Bu esa yurtimizda tibbiyot yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlarning yana bir e’tirofi bo‘ldi. Xans Klyugening bugun yurtimizga kelishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, u sog‘liqni saqlash sohasida 24 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. U o‘z faoliyatini Belgiyada oilaviy shifokor sifatida boshlagan. So‘ngra Somali va Liberiyada «Chegara bilmas shifokorlar» bilan ishlagan. X.Klyuge Rossiyadagi jazoni ijro etish tizimida sil kasalligiga qarshi keng ko‘lamli dasturlarda faol ishtirok etgan. Doktor Klyuge JSSTning Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqaviy byurosida sil, OITS va bezgakka qarshi kurash dasturlarini ham nazorat qildi. So‘nggi o‘n yil davomida esa JSSTning Yevropa mintaqaviy idorasida ishlab, bu yerda sog‘liqni saqlash tizimidagi katta o‘zgarishlarda faol ishtirok etgan.
Xans Klyuge

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan ikki yillik hamkorlik shartnomasi imzolanishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mehmon bir qator tibbiyot muassasalari va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati bilan ham tanishishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov JSSTning Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylangan edi.

Поделиться