O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
2020-01-31 | Jamiyat
2020-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Elchisi Baxtiyor Saidovning Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy tomoni mamlakat Hukumatining koronavirus tarqalishini chegaralash hamda ushbu infeksiyani oldini olish va davolash borasida ko‘rayotgan choralari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda karantin rejimi yakunlash zarurati munosabati bilan va epidemiyaning ehtimoliy tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Xitoy Hukumati shoshilinch choralarni ko‘rayotgani yana bir bor tasdiqlandi.
Hozirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus boshchiligidagi Ishchi guruhi Xitoyda bo‘lib turibdi. JST Bosh direktori ham chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi tashkilot mavqeini ma’lum qildi, xalqaro jamoatchilikni xotirjamlikni saqlash va yolg‘on xabarlarga ahamiyat bermaslikka chaqirdi.
TIV yanvar oyida Uxan shahridan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalardan zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga +998909882330 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishlarini so‘raydi.
Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yaxyayev), +86 139 1175-4476 (Shuxrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.