O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infektsiyasining yurtimizga kirib kelganligi haqidagi xabarlar yolg‘on

2020-03-04 | Sog‘liqni saqlash

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infektsiyasi mamlakatimizga kerib kelganligi haqidagi, asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushba xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan, “COVID-19” koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Aholi o‘rtasida koronavirus infektsiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi nazorat tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorikda tizimli faoliyat olib borilmoqda.

Afsuski, yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlar aholining sarosimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirga tushmasliklarini, agar ushbu holat bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raydi.

Поделиться