O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dikvafosolni oʼz ichiga olgan oftalmologik eritma yaratildi

2020-03-09 | Sog‘liqni saqlash

Oftalmologik eritma ko’z quruqligidan aziyat chekuvchi bemorlarni davolash uchun mo’ljallangan bo’lib, ko’zlarni yoshlantirishga yordam beradi.

Ko'z yoshlari ko'z sog'lig'ini saqlash va atrof-muhitni aniq ko'rish uchun kerak. "Quruq ko'z sindromi" bilan og'rigan odamlarda ko'z yoshlarining yetishmasligi yoki ko’z yoshlari xususiyatlarida buzilish kuzatiladi. "Quruq ko'zlar" 40 yoshdan oshgan odamlar va ofis ishchilarida keng tarqalgan muammodir.

Eritmaning ahamiyatli jihati shundaki, koʼz quruqligidan aziyat chekadigan bemorni davolash uchun tarkibida dikvafosol yoki uning 0,1-10% (mas./hajm) kontsentratsiyali tuzi va 0,001-0,1% (mas./hajm) kontsentratsiyali xelatilatsiyalovchi agent boʼlgan suvli aftalmologik eritma, bu yerda xelatilatsiyalovchi agent oʼzi bilan etilendiamintetrasirka kislotani yoki uning tuzini ifodalaydi va koʼrsatib oʼtilgan xelatilatsiyalovchi agent 0,001-0,1% (mas./hajm) kontsentratsiyada dikvafosolni yoki uning tuzini oʼz ichiga olgan suvli oftalmologik eritma taʼsiri keltirib chiqaradigan koʼz qichishini kamaytirishga qodir.

Ofisdagi “quruq ko'z”ning sabablari

Ofisdagi ish kunining o'rtalariga kelib, biroz toliqish his qilasiz va Sizda tez-tez ko'zni ishqalash holati kuzatiladi. Ehtimol sizning idorangizda havo juda quruq bo’lishi mumkin. "Quruq ko'z sindromi" ning bosh sababi, sakkiz soat davomida kompyuterda ishlash bo’lib, bu haqiqatan ham ko'zga salbiy ta'sir qiladi. Chunki kompyuter yoki uyali telefonga uzoq tikilish oqibatida ko’z harakatlanmaydi ya’ni pirpiramaydi. Bu esa uni namlanmasligi va yoshlarni qurushiga sabab bo’ladi. Ayniqsa konditsionerning iflos havoni purkashi, ko’zni yumib-ochmaslik, fluoresent yorug’lik – bularning barchasi ko'zning charchashi, qichishish va ko’z qorachig’i tez qurushiga olib keladi.

Ofisdagi havo ko'chadagi havoga qaraganda besh-olti marta iflosdir. Shu sababli xonani shamollatish hamda ofisda o’simliklarni saqlash miya va ta’na azolarini kislorod bilan oziqlantiradi, zararli changlardan himoyalaydi.

Ixtiro uchun Santen Pharmaceutical Co.Ltd., JP kompaniyasiga “Ixtirolаr, foydаli modellаr vа sаnoаt nаmunаlаri toʼgʼrisidа”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra IAP 06070 raqamli patent berildi.

Поделиться