O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Future Medicine Conference” konferentsiyasi yoshlarni chorlaydi
2020-03-06 | Sog‘liqni saqlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘grisida”gi PF-5590 sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari tomonidan “Future Medicine Conference” konferentsiyasi tashkil etiladi.
Ushbu konferentsiyaning oldiga qo‘yilgan maqsadlar:
- tibbiyot va tibbiy ta’limga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish;
- yurtimiz yoshlarini bir maqsad asnosida birlashtirish; - kreativ loyihalarini rivojlantirish; - loyihalarni hayotga tadbiq etish; - yurtimizdagi tibbiyot sohasiga befarq bo‘lmagan barcha yoshlarni bilimlarini oshirish;
- tibbiyot sohasiga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
- aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha turli xil treninglar va semenarlar o‘tkazish.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi. Demak, yurtimiz kelajagi yoshlarning bugungi harakatiga bog‘liq.
Tibbiyot sohasidagi bilimlaringizni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari bilan birga rivojlantiring, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Yurtimiz yoshlarini bir maskanda birlashtirgan, tibbiyot sohasida ilk bora o‘tkaziladigan keng ko‘lamli “Future Medicine Conference” da ro‘yhatdan o‘tish 10 martdan boshlanadi!