O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli
2020-03-02 | Fan
Kuyish – kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʼir metallarning tuzlari va b.), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼsirida toʼqimalarning shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi. Shunga koʼra, termik kuyish, kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida kuyish o’zaro farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda termik kuyish koʼp uchraydi.
Toʼqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi:
I darajada – teri qizarib, bir oz shishadi, 4-5 kundan soʼng tuzala boshlaydi.
II darajada – qizargan teri yuzasida tiniq, sargʼish, suyuqlik bilan toʼla pufakchalar paydo boʼladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tushmasa, 10-15 kunda chandiqsiz tuzaladi.
III darajada – terining hamma qavati oʼladi (teri usti qorayib ketadi – nekroz).
IV darajada – teri va teri osti toʼqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʼmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʼpincha oʼsha joyda chuqur chandiqlar paydo boʼladi. Аyniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni buzadi. Boʼyin va boʼgʼim atrofidagi chandiqlar (ogʼir turlari) ular harakatini cheklab qoʼyishi mumkin.
Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli maydalangan oʼsimlik xom ashyosini eritgich - benzin yoki geksanda ekstraktsiya qilish, filtrdan oʼtkazish va eritgichni bugʼlantirish yoʼli bilan olinadi.
Yara bitkazuvchi vosita quyidagi jihati bilan farqlanadi: oʼsimlik xom ashyosi sifatida mos ravishda 2,5-1:1:1 massa nisbatida olingan naʼmatak mevalari (Rosa canina L.), kunjut urugʼi (Sesamum indicum L.), garmalaning yerusti qismi (Peganum harmala L.) va zizifora (Ziziphora pedicellata Pazij et Vved) qoʼllanadi, benzin yoki geksan bilan ekstraktsiyalash Sokslet sistemasida 60-78°S haroratda hamda xom ashyo: eritgichning 1:15 massa nisbatida 8-10 marta oʼtkaziladi keyin ekstrakt tabiiy lipidli moddalar miqdori 30-35 foizga yetgunicha kontsentratsiya qilinadi.
Kuyishda beriladigan birinchi yordam tutayotgan, yongan yoki kimyoviy moddalar toʼkilgan kiyimni yechib yoki qirqib olish, kuygan joyga aseptik bogʼlov qoʼyishdan iborat. Birinchi yordam koʼrsatishda kuygan joydagi pufakchalarni yorish, muz bosish, har xil malhamlar qoʼyish, xususan, peshob bogʼlash yaramaydi.
Ixtiro uchun Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar ademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi Oʼsimlik moddalari kimyosi institutiga “Ixtirolаr, foydаli modellаr vа sаnoаt nаmunаlаri toʼgʼrisidа”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra IAP 06028 raqamli patent berildi.