O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“ITB Berlin -2020” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bekor qilindi

2020-03-02 | Turizm

Butun dunyoda COVID-19 virusi bilan kasallanganlar soni oshib borishi munosabati bilan “ITB Berlin -2020” xalqaro turistik ko‘rgazmasi bekor qilindi. Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi va IIV inqirozli holatlar shtabida shu haqida xabar berildi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yarmarkada ishtirok etish uchun jahonning 180 mamlakatidan 10 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, yarmarkaga turli davlatlardan 160 mingga yaqin mehmonning kelishi kutilayotgan edi. Tadbir tashkilotchilari “Messe Berlin” ko‘rgazma markazi vakillari yarmarka o‘tishi kerak bo‘lgan Sharlottenburg-Vil'mersdorf ma'muriy okrugiga nisbatan hukumat tomonidan qo‘yilgan xavfsizlik shartlarini bajara olmasliklarini tasdiqlashdi.

Shartga ko‘ra, yarmarkaning har bir ishtirokchisi kasallik xavfi bo‘lgan mamlakatdan kelmagani yoki o‘sha zonalardan bo‘lgan kishilar bilan aloqada bo‘lmaganini isbotlashi kerak edi.

Germaniya inqirozli holatlar shtabining o‘zi ham ITB-Berlin-2020 ko‘rgazmasini bekor qilishni tavsiya qilgan. “O‘ylaymizki, ushbu tamoyillarning qo‘llanilishida ITB-Berlin kabi yirik xalqaro tadbirlar bekor qilinishi kerak”, - deyiladi shtab xabarida.

Messe Berlin kuzatuv kengashi raisi Vol'f Deyter Vol'fning ta'kidlashicha, bu mazkur xalqaro ko‘rgazmaning 54 yillik tarixida birinchi marta bekor qilinishidir.

“Shu paytgacha bizni qo‘llab quvvatlab kelgan barcha hamkorlarimiz va doimiy ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda bundan keyin samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz”, - dedi Vol'f Deyter Vol'f.

Bugunga kelib Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda karonavirus bilan kasallanganlar soni 85 mingdan oshdi. Ularning 2,9 ming nafari kasallik natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Kasallik dunyoning 55 mamlakatida qayd etilgan. O‘zbekistonda COVID-19 virusi bilan kasallanish holati aniqlanmagan.

Поделиться