O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy palata va BMT hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda

2020-03-09 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi raisi Ravshan Izomov YUNISEF va YUNFPAning mamlakatimizdagi vakolatxonalari vakillari bilan muzokara olib bordi.

Muzokara avvalida YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Bolalar salomatligi va farovonligi seksiyasi rahbari Sufan Guo xonim va YUNFPAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi vakili oʻrinbosari Kamolxon Inomxoʻjayev oʻtgan 1,5 yil mobaynida Milliy palata Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda ishonchli hamkor ekanini taʼkidladi.
 
Tomonlar istiqboldagi ikki tomonlama samarali hamkorlik masalalarini muhokama etdi. Jumladan, Sufan Guo YUNISEF bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda vaksinalarni saqlashga moʻljallangan sovutgich omborlari qurilishi loyihasi nihoyasiga yetkazilayotgani, mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida xodimlarning mahorati va masʼuliyati, omborxonalar monitoringini oʻtkazish, ularning harorati, vaksinalarni saqlash rejimining talab darajasida boʻlishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Zero, gap bolalarni emlash haqida ketmoqda.
 
Ravshan Izomov Milliy palata va uning joylardagi 14 boʻlinmasi YUNISEFga loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini taʼkidladi.
 
Kamolxon Inomxoʻjayev YUNFPA Milliy palata bilan xalqaro meʼyorlarga javob beradigan tibbiy uslubiy qoʻllanmalar va klinik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish borasida hamkorlik qilishi mumkinligini aytib oʻtdi.
 
Muzokara davomida BMT tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan, jumladan, minglab ayollar salomatligini saqlashga yordam beradigan skrining, bachadon boʻyini rakini dastlabki bosqichda aniqlashga qaratilgan bir qator loyihalar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
 
Milliy palata rahbari bu kabi loyihalarni tatbiq etishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Oʻzaro hamkorlikni davom ettirish, loyihalarni amalga tatbiq etishda xodimlar salohiyatini inobatga olgan holda, xalqaro ekspertlarni jalb etish, hamkorlikda tanlab olingan loyihalarni amalga oshirish uchun aniq strategiya va qadamlarni ishlab chiqish xususida kelishuvga erishildi.

Поделиться