O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT

O‘zbekiston va SHHT

08.09.2022ShHTManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan faol va pragmatik tashqi siyosat bugungi kunda mamlakatimizning nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida nufuzi va o‘rnini mustahkamlab, xalqaro jarayonlarga ta’sirini oshirmoqda.

Toshkentda ShHT II-Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

10.08.2022ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 16-17-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Raislik qilishi doirasida Toshkent shahrida II-Iqtisodiy forum o‘tkaziladi.

ShHT mamlakatlari rassomlari Buxoro va Jizzaxga sayohat qilishdi

02.08.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Ayni damda yurtimizda ShHT sammiti va sammit doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Aynan shu maqsadda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan iqtidorli rassomlar taklif qilingan. Ular Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida yurtimizning betakror go‘shalari, qadamjolari suratlarini yaratishmoqda. 

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

28.07.2022SiyosatManba: «Yangi O"zbekiston»

28-29-iyul kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi yuzma-yuz muloqot tarzida bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar energetika vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

23.06.2022ShHTManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo‘yicha ekspertlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27.05.2022ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlarining uchinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir oldidan tashkilotga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo‘yicha ekspertlari ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.

ShHTga a'zo davlatlarning Giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo’yicha idoralari vakillarining yig'ilishi to'g'risida

18.04.2022ShHTManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 18-19-aprel kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlarning giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo’yicha mas’ul idoralari yuqori mansabdor shaxslarining yig'ilishi gibrid shaklida bo'lib o'tmoqda.

ShHT faoliyatini yoritish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlar to‘g‘risida

07.04.2022ShHTManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston tomoni raisligida “Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini yoritish jarayonida a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

«SHHT oilasi» mamlakatlarining diplomatiya missiyalari rahbarlari poytaxtimizdagi “Texnopark” imkoniyatlari bilan tanishmoqda

05.04.2022ShHTManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan «SHHT oilasi» mamlakatlarining diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov hamrohligida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Texnopark” MCHJga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda.

Mintaqaviy aksilterror yo‘nalishidagi muhim masalalar muhokama qilindi

28.03.2022ShHTManba: O'zA

Toshkentda 25-mart kuni Hindiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining navbatdagi, o‘ttiz yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkiloti – Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti” formatidagi uchrashuvdagi nutqi

18.09.2021ShHTManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

18.09.2021ShHTManba: O'zA

ShHTga a'zo davlatlar agrarchi vazirlari Agrar texnologiyalarni almashish va ta'lim bo‘yicha ko‘rgazma bazasini yaratish konsepsiyasini tasdiqlashdi

13.08.2021ShHT

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev 2021-yil 12-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining a'zo davlatlari vazirlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha oltinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar adliya vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

06.08.2021ShHTManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Joriy yilning 6-avgust kuni Tojikiston Respublikasi raisligida videokonferensiya shaklida navbatdagi – Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar adliya vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov ishtirok etdi.

Toshkentda SHHTning 20 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

16.06.2021ShHTManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT)  Ijroiya qo‘mitasida Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahar hokimligi hamda “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” (ShOS) vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazildi

12.04.2021ShHTManba: Jizzах vilоyati hоkimligi

“Shanxay Xamkorlik Tashkiloti” qo‘mitasining taklifiga asosan joriy yilning 9-aprel kuni Jizzax shahar hokimligi hamda “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” (ShOS) vakillari o‘rtasida kengaytirilgan tarzda o‘zaro tanishuv va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida onlayn muzokaralar o‘tkazildi.

ShHT kuzatuvchilar Missiyasining Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovlari va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga oid Bayonoti

11.01.2021ShHTManba: Markaziy saylov komissiyasi

Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasining taklifiga binoan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilar Missiyasi 2021-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovlari va Qirg‘iz Respublikasi boshqaruv shaklini aniqlash bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatdi.

ShHT kuzatuvchilar Missiyasining Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni kuzatish natijalari bo‘yicha Bayonoti

11.01.2021ShHTManba: Markaziy saylov komissiyasi

2021-yil 7-yanvardan 10-yanvargacha Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilar Missiyasi (ShHT) Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (TIV) taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisiga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha o‘zining ellik beshinchi yubiley missiyasi faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi.