Jizzax shahar hokimligi hamda “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” (ShOS) vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazildi
“Shanxay Xamkorlik Tashkiloti” qo‘mitasining taklifiga asosan joriy yilning 9-aprel kuni Jizzax shahar hokimligi hamda “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” (ShOS) vakillari o‘rtasida kengaytirilgan tarzda o‘zaro tanishuv va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida onlayn muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokarada tomonlardan “ShXT” (ShOS, Sindao) partiya qo‘mitasi va mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik kengashi o‘rinbosari Syan Chjisyan, Xalqaro logistika departamenti direktori (ShOS, Sindao) - Fen Szimin, Investisiyalar departamenti direktori (ShOS, Sindao)- Syuy Syaoszyun' va Jizzax shahar hokimi - K.Xolmurodov, Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari - Sh.Kamalov hamda “Jizzax” EIZ direkiyasi - M.Zoirovlar ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida “ShXT” (ShOS, Sindao) tomonidan mintaqani rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar, hududlarda erkin savdo, iqtisodiy, turizm va logistika hamda Jizzax shahrini rivojlantirishda investisiyalarning ahamiyati muhokama qilindi.
Alohida aytib o‘tish joizki, “ShXT” (ShOS, Sindao) tomonidan kelgusida Jizzax shahrida tashkilot o‘z vakillik bo‘limini ochish va hamkorlar tomonidan Jizzax shahriga Investisiyalar kiritishga katta qizikish borligi aytib o‘tildi.
Muzokaralar so‘ngida, “ShXT” (ShOS, Sindao) joriy yil avgust oyida Sindao shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro Sanoat ko‘rgazmasiga Jizzax shahar hokimligini taklif etdi va kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Manba: Jizzах vilоyati hоkimligi