O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«SHHT oilasi» mamlakatlarining diplomatiya missiyalari rahbarlari poytaxtimizdagi “Texnopark” imkoniyatlari bilan tanishmoqda
2022-04-05 | ShHT
Bugun mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan «SHHT oilasi» mamlakatlarining diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov hamrohligida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Texnopark” MCHJga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda.
Tashrifdan maqsad — “Texnopark” MCHJning ishlab chiqarish imkoniyatlari, tayyorlanayotgan yuqori texnologik mahsulotlar va eksport salohiyati bilan bevosita tanishishdan iborat. Diplomatlarga bu yerda qo‘llanilayotgan eng yangi texnologiyalar, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika namunalari taqdim etilmoqda.
Mehmonlar lift va eskalatorlar, maishiy va savdo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari, aqlli hisoblagichlar, konditsioner tizimlari, suv nasoslari, qoliplar va shtamplar ishlab chiqarish majmualarida ham bo‘ladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi