O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mintaqaviy aksilterror yo‘nalishidagi muhim masalalar muhokama qilindi

2022-03-28 | ShHT

Toshkentda 25-mart kuni Hindiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining navbatdagi, o‘ttiz yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston davlatlari vakolatli organlari, shuningdek, SHHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlikka doir vaziyatni ko‘rib chiqib, SHHT maydonida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi joriy holatni muhokama qildilar. Shuningdek, SHHTga a’zo mamlakatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik borasida fikr almashdi va zamonaviy tahdidlar, xalqaro terrorchilik tashkilotlari tomonidan xavfsizlikka nisbatan ehtimoliy tahdidlarga birgalikda qarshi turish choralarini belgilab oldilar.

Yig‘ilishda SHHT MATT Kengashining 2021-yildagi qarorlari bajarilishining borishi haqidagi axboroti ko‘rib chiqilib, Ijroiya qo‘mitaning o‘tgan davrdagi faoliyati ijobiy baholandi.

Manba: O'zA

Поделиться