O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT kuzatuvchilar Missiyasining Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovlari va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga oid Bayonoti

2021-01-11 | ShHT

Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasining taklifiga binoan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilar Missiyasi 2021-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining navbatdan tashqari saylovlari va Qirg‘iz Respublikasi boshqaruv shaklini aniqlash bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatdi.

Missiyani ShHT Bosh kotibi V.I.Norov boshqardi. Missiya tarkibidan qonun chiqaruvchi organlar a'zolari, ShHTga a'zo davlatlarning diplomatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi B.Yunusov o‘rin oldi.
 
2021-yil 10-yanvar kuni Missiya a'zolari soat 08:00da saylov uchastkalariga tashrif buyurdilar, saylov byulletenlarini tayyorlash va avtomatik sanash qurilmalarida byulletenlarni sanash jarayonlarida qatnashdilar.
 
Missiya a'zolari Bishkek shahrida joylashgan 50ga yaqin saylov uchastkalarida saylov jarayonlarini kuzatib bordi. Missiya vakillari tashrif buyurgan saylov uchastkalarida prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining kuzatuvchilari hamda qator xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ham xozir bo‘ldilar.
 
Missiya tomonidan ta'kidlanishicha, saylovlar  saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligi muhitida va fuqarolik jamiyati vakillarining faol ishtirokida o‘tkazildi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться