2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida 2022-yil 24-iyun kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Energetika vazirliklari rahbarlari Tashkilot uchun shunday strategik yo‘nalishdagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qiladilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ShHTga a'zo davlatlarning energetika sohasidagi hamkorligi konsepsiyasini va O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan ShHTga a'zo davlatlarning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlik dasturi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini, xususan, bilan ShHTga a'zo davlatlarning energetika sohasidagi konseptual hujjatlarini tasdiqlash kutilmoqda.
ShHTga a'zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham bo‘lajak O‘zbekiston energetika forumi – UEF-2022 (23-24 iyun)da ham ishtirok etadi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi