O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT faoliyatini yoritish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlar to‘g‘risida

2022-04-07 | ShHT

2022-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston tomoni raisligida “Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini yoritish jarayonida a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishda ShHTga aʼzo davlatlar vakillari Oʻzbekiston raisligida oʻtkazilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish  masalalarini koʻrib chiqdilar. Tadbir ishtirokchilari e’tibori mamlakatimizning ShHTga raisligiga bag‘ishlangan www.sco-summit2022.uz veb-saytiga qaratildi.

ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishlarini keng yoritish muhimligi ta’kidlandi. ShHT tadbirlarida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi muhokama qilindi.

Axborot sohasidagi hamkorlikni, jumladan, o‘zaro press-turlar, stajirovkalar, qo‘shma davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etish orqali chuqurlashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiyalar O‘zbekiston tomonining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik doirasidagi faol sa’y-harakatlarini olqishladilar. Aʼzo davlatlar koʻp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, ShHTning xalqaro roli va nufuzini oshirish yoʻlida Oʻzbekiston raisligining ustuvor yoʻnalishlari va tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться