O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar adliya vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

2021-08-06 | ShHT

Joriy yilning 6-avgust kuni Tojikiston Respublikasi raisligida videokonferensiya shaklida navbatdagi – Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar adliya vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Hindiston huquq va adliya vaziri Kiren Ridjidju, Qozog‘iston Respublikasi adliya vaziri M. Beketaev, Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri Tan Iszyun', Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri A. Chinbaeva, Pokiston Islom Respublikasi huquq va adliya vaziri Doktor Muhammad Farog‘ Nasim, Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K. Chuychenko, Tojikiston Respublikasi adliya vaziri M. Ashuriyon, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Ye. Ashimov ishtirok etdi.
 
An'anaviy ravishda ochiq, do‘stona, o‘zaro anglashuv ruhida o‘tgan yig‘ilish davomida ishtirokchilar kun tartibiga muvofiq adliya vazirliklari o‘rtasidagi avvalgi – yettinchi Yig‘ilish doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha (huquq va) hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi.
 
Yig‘ilish davomida adliya (va huquq) vazirliklari rahbarlari  pandemiya davrida huquqning rolini muhokama qilib, hech qaysi davlat virus bilan yakka o‘zi kurashishga qodir emas, uning asoratlarini yengish uchun ular sa'y-harakatlarini birlashtirishi va huquqiy tizimlar, dasturlar va strategiyani zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda birlashtirishi lozim.
 
Ular, shuningdek fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, (huquq va) adliya vazirliklarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi roli yuzasidan fikr almashdi. Bunda tomonlar korrupsiya insoniyat uchun qanday xavf tug‘dirayotganini qayd etdi hamda dunyo hamjamiyatining mazkur muammodan xavotiriga sherik ekani, ShHTga a'zo davlatlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tajriba almashinayotganini o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan va muhim harakat sifatida baholadi.   
 
Tomonlar yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться