O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida xayriya faoliyati uchun soliq imtiyozlari joriy etildi

09.10.2019Ta’lim

2019-yil 9-oktabr, Toshkent - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktyabrdagi 839-sonli qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga homiylik shaklida xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari belgilandi. Ushbu turdagi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi kamida bir yil muddatga tuziladi va tanlangan MTTga muntazam ravishda xayriya yordamini ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.

Fond bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

08.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti K.Koshikava bilan uchrashuv

07.10.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-oktabr kuni hukumat delegatsiyasi tashrifining yakunida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti K.Koshikava bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida hamkorlikdagi tashabbuslarni amalga oshirishning borishi har tomonlama ko‘rib chiqildi, ayrim loyihalar bo‘yicha shartlar qayta ko‘rib chiqildi va JICA bilan 1999 yildan buyon yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro munosabatlarning rivojlanish sur’ati tahlil qilindi.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbar, oʻqituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida

02.10.2019Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv

27.09.2019Jamiyat

Joriy yilning 26-sentabr kuni Davlat statistika qo’mitasi raisi B.A.Begalov boshchiligida Jahon banki missiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Xalqaro forum doirasida umumiy qiymati 92,7 million AQSh dollarilik 22 ta kelishuv imzolandi

16.09.2019Sog‘liqni saqlash

Joriy yil 13-14-sentabr kunlari Namanganda tashkil etilgan xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumida ko‘plab manfaatli kelishuvlarga erishildi.

 

Moliya vazirligidan statistika

13.09.2019Iqtisodiyot

Islom moliyasi: muhokamada uni O‘zbekistonda rivojlantirish masalasi

12.09.2019Jamiyat

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan, 2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida «O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federal G'aznachiligi rahbariyati bilan uchrashuv

12.09.2019Iqtisodiyot

IV Moskva moliya forumi doirasida, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiyasi, Rossiya Federal G'aznachiligida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalari tahlil qilindi

12.09.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur

26.08.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istondagi eng yirik tijorat banki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.08.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-avgust kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Qozog‘istondagi eng yirik tijorat banki «Xalik bank», shuningdek, yaqinda O‘zbekistonda litsenziyasini olgan uning sho‘’ba banki «Tenge bank» rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya valyuta birjalari hamkorlik memorandumini imzoladi

22.08.2019Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida mamlakatimiz va Rossiya valyuta birjalari faoliyatining mohiyati va o‘ziga xosligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi xalqaro davlat obligatsiyalari emissiyasi risolasi bo’yicha ma’lumot

22.08.2019Iqtisodiyot

Xalqaro davlat obligatsiyalari emissiyasi risolasi huquqiy hujjat bo'lib, unda emitent to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, obligatsiya egasi va emitent o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tavsiflaydi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining emissiya risolasi moliyaviy va ijtimoiy xavf omillari, mamlakatning tarixidan tabiiy muhitigacha bo'lgan sharhlar kabi bir nechta ma'lumot qismlaridan iborat. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), inflyatsiya, ishsizlik darajasi va boshqalar kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar keltirilgan. Risolada byudjet-soliq va pul-kredit siyosatiga oid, davlatning ichki va tashqi qarzlari, shu jumladan hukumat tomonidan kafolatlangan qarzlar haqida ma’lumotlar mavjud.

Ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risida Markaziy bank axboroti

20.08.2019Iqtisodiyot

Markaziy bankning joriy yil 9 avgustdagi xabarida ichki valyuta bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sabablari bayon qilingan edi.

Harbiy-ma’muriy sektorlar xarajatlari qanday moliyalashtiriladi

14.08.2019Jamiyat

Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.