O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti K.Koshikava bilan uchrashuv

2019-10-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-oktabr kuni hukumat delegatsiyasi tashrifining yakunida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti K.Koshikava bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida hamkorlikdagi tashabbuslarni amalga oshirishning borishi har tomonlama ko‘rib chiqildi, ayrim loyihalar bo‘yicha shartlar qayta ko‘rib chiqildi va JICA bilan 1999 yildan buyon yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro munosabatlarning rivojlanish sur’ati tahlil qilindi.

K.Koshikava O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarning yuqori sur’atini alohida ta’kidlab, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini ijobiy baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi moliyaviy resurslar va grantlarni jalb qilish hamda ularni energetika, texnologiyalar, meva-sabzavot, infratuzilmaviy qurilish, urbanizatsiya, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda yangi, keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirish uchun qulay muhit yaratadi.

Shuningdek, yaponiyalik hamkorlar istiqbolli loyihaviy takliflarni tayyorlashga yetakchi tadqiqot institutlarini jalb qilish hamda ishlab chiqilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun muqobil mexanizmlarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar kelgusidagi hamkorlikning ustivor yo‘nalishlarini belgilab oldilar va jadallashtirilgan qo‘shma sa’y-harakatlar yuzasidan kelishib oldilar.

Поделиться