O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘istondagi eng yirik tijorat banki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-08-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-avgust kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Qozog‘istondagi eng yirik tijorat banki «Xalik bank», shuningdek, yaqinda O‘zbekistonda litsenziyasini olgan uning sho‘’ba banki «Tenge bank» rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston bozorida bank faoliyati va bu borada investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yo‘lidagi sezilarli o‘zgarishlarini mamnuniyat bilan qabul qildi, ularga ko‘ra respublikada tijorat banklari va xususiy biznes bilan hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Shuningdek, uchrashuv davomida xorijiy banklarning O‘zbekiston bozorida mavjudligi bank-moliya sektorining raqobat muhitini yaxshilashga ko‘maklashishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha investitsiyalar kirib kelishiga yordam berishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatlar va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.

Поделиться