O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston Respublikasi xalqaro davlat obligatsiyalari emissiyasi risolasi bo’yicha ma’lumot

2019-08-22 | Iqtisodiyot

Xalqaro davlat obligatsiyalari emissiyasi risolasi huquqiy hujjat bo'lib, unda emitent to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, obligatsiya egasi va emitent o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tavsiflaydi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining emissiya risolasi moliyaviy va ijtimoiy xavf omillari, mamlakatning tarixidan tabiiy muhitigacha bo'lgan sharhlar kabi bir nechta ma'lumot qismlaridan iborat. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), inflyatsiya, ishsizlik darajasi va boshqalar kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar keltirilgan. Risolada byudjet-soliq va pul-kredit siyosatiga oid, davlatning ichki va tashqi qarzlari, shu jumladan hukumat tomonidan kafolatlangan qarzlar haqida ma’lumotlar mavjud.

Bundan tashqari, hujjatda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari qismlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar byudjetlarning tasnifi bilan keltirilgan.

Ta'kidlash joizki, emissiya risolasida keltirilgan statistik ma’lumotlar, hujjat chop etilgan vaqtga qadar bo’lgan oxirgi 5 yil uchun taqdim etilgan. Xususan, ilk marotaba O'zbekiston Respublikasi tabiiy resurslari zaxiralari hajmi to'g'risida ma'lumotlar oshkor qilingan. To'lov balansi va tashqi savdo statistikasi to'g'risidagi axborotlar ham batafsil taqdim etilgan. Davlat sharhi qismida hukumat tomonidan olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik haqida so'z boradi.

Xalqaro davlat obligatsiyalari emissiyasi risolasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarz departamentining portali va London fond birjasi saytlarida quyidagi havolalar orqali taqdim etilgan.

Поделиться