O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rustam Qosimov oilasiga ta’ziya bildirdi

07.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Mamlakatimiz jamoatchiligi judolikka uchradi. Davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, taniqli olim va pedagog Rustam Qosimov bugun, 7-may kuni og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Fransiya Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv

07.05.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili  Bris Rokfeyni qabul qildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

07.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi

07.05.2021MDHManba: “Dunyo” axborot agentligi

Belarus raisligida MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining videokonferensiya shaklidagi 30-majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti: Bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida ikkita chet tilini mukammal bilishlari shart

07.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

 

Prezident: Xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi

06.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida yangi tayinlov yuz berdi

06.05.2021Hukumat tarkibidagi o'zgarishlarManba: O'zA

Viloyat hokimining axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, Xidirova Zulxumor Abdirashidovna Surxondaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘sha so‘nmas jasoratlar biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lmoqda

06.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Shafqatsiz urush xotiralari, mashaqqatli mehnat fronti haqidagi aniq tasavvurlar allaqachon shakllanib ulgurgan. O‘sha ma'shum yillar aks etgan kinolarni ko‘rayotgan bugungi yosh avlod ham allaqachon o‘sha dahshatlar haqida ma'lum tasavvurga ega.

Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilyapti

05.05.2021SaylovManba: O'zA

Mamlakatimizda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari xalqaro normalar hamda demokratik prinsiplarga to‘la javob berishida milliy qonunchilikning ahamiyati beqiyosdir.

O‘rmon xo‘jaligi va davlat tili: konsepsiyalar ijrosining uyg‘unligi

05.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2018-2019-yillarda agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar taqdimoti bilan tanishuvi jarayonida “Vaqti kelib, o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur”, deya taʼkidlagan edi.

O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar qabul qilindi

05.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni: aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon al-Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Energetika sohasida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari belgilab olindi

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida bo‘lib turishi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistoni Podshohligi energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon al-Saud bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalarini va joriy yilning yanvar oyida Saudiya Arabistoni hukumati va ishbilarmon doiralari delegasiyasi tashrifi chog‘ida energetika sohasida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Dunyo» AA jamoasini tabrikladi

04.05.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Dunyo” axborot agentligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida Vazir agentlik jamoasini jurnalistika sohasidagi XV “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

04.05.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi.

Saudiya Arabistonidan munosabat: Biznesda amaliy ish va natijalar muhim. Aynan shu narsani biz O‘zbekistonda topdik

03.05.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abunayyan bilan muzokaralar o‘tkazdi

Qirg'iziston Elchixonasiga tashrif

03.05.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 3-may kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg'iz Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Vazir Qirg'iziston-Tojikiston davlat chegarasida yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi va Ta’ziya kitobiga tegishli qaydni kiritdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotibi: Davlatimiz rahbari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi

03.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun o‘tkazgan brifingda davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada belgilangan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv

03.05.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistondan Hindiston xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi

03.05.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 1-may kuni Dehli shahriga insonparvarlik ko‘magi yetkazildi